15 ta video dars. Har bir mavzu uchun tayyor instrumentlar bilan: matritsalar, shablonlar, chek-listlar beriladi. O'zbek tilida, o'zingizga qulay tarzda.
Abdulaziz Abdulmatov
Korporativ trener va sotuv bo'yicha konsultant, telekom va IT
Vakansiyalarni yopib charchadingizmi? Suhbat o'tkazish va baholash tajribangizni L&D sohasida ham ishlatsa bo'ladi. Kursda ushbu tajribangizni yangi kasbga moslashtirasiz.
Treninglar tashkil qilasiz, lekin ularni samarasini aniq raqamlarda o'lchashga qiynalasizmi? Kursda siz TNA, kompetensiyalar matritsasi va IDP kabi hodimlarni rivojlantirish instrumentlarini tizimli qilishni o'rganasiz.
Trening o'tkazasiz, lekin natijani isbotlay olmaysizmi? Kurs davomida siz treningni Kirkpatrick va ROI bilan biznesga ta'sirini hisoblashni o'rganib olasiz.
Buyurtmachidan trening uchun buyurtma qabul qilib, muammoning sababini aniqlay olasiz.
Har bir lavozim profili va xulq-atvor indikatorlarini yoza olasiz.
70/20/10 modeli bo'yicha xodimning rivojlanish rejasini tuzib bera olasiz.
Yangi xodimning dastlabki 30-60-90 kunini rejalashtira olasiz.
Kirkpatrick modeli asosida trening natijasini o'lchashni o'rganasiz.
1 kishi-soat narxini hisoblab, loyihani rahbariyatga taqdim eta olasiz.
Har bitta dars bitta mavzuni to'liq o'rgatadi va ishda darhol ishlatsa bo'ladigan instrument beriladi.
Sohaning rivojlanishi. T&D, L&D va L&D Business Partner o'rtasidagi farq.
InstrumentT&D va L&D vazifalarini ajratish matritsasi
L&D ekspertining Hard va Soft ko'nikmalari, loyihadagi rollar: SME, fasilitator, metodolog.
InstrumentL&D mutaxassisining kompetensiyalar xaritasi
Biznes-buyurtmachidan so'rovni qabul qilish, «5 ta Nega» texnikasi va ta'limga bog'liq bo'lmagan muammolar (non-training issues).
InstrumentBiznes-buyurtmachi bilan TNA-intervyu o'tkazish uchun tayyor brif va qo'llanma
Kompetensiya nima? Xulq-atvor indikatorlarini qanday tasvirlash kerak? Hard, Soft va Corporate ko'nikmalar. Bo'lim yoki butun kompaniya uchun matritsa tuzishning bosqichma-bosqich algoritmi.
InstrumentDarajalar (gradelar) bo'yicha bo'lingan kompetensiyalar matritsasi shabloni (Google Sheets)
70/20/10 modeli: 70% amaliyot, 20% mentoring va fidbek, 10% trening va kurslar. L&D rahbar bilan birga xodimning IDP bo'yicha rivojlanishini qanday tuzadi va kuzatadi.
InstrumentIDP (Individual Development Plan) konstruktori va blanki
Maqsadli auditoriyani tahlil qilish, Blum taksonomiyasi bo'yicha o'quv maqsadlarini shakllantirish, strukturani loyihalash.
InstrumentO'quv dasturi pasporti shabloni
Kontent, slaydlar, ish daftarlarini yaratish va pilot loyihani ishga tushirish.
InstrumentKursni ishga tushirishga tayyorlik chek-listi
Xodimni kompaniyaga muammosiz olib kirish: dastlabki 30-60-90 kun, Welcome-book va ustozlar (Buddy) bilan ishlash.
InstrumentMoslashuv varaqasi shabloni (Onboarding Map)
Kattalarni o'qitish tamoyillari. Kolb siklining 4 bosqichi: tajriba, refleksiya, nazariya, amaliyot.
InstrumentKolb sikli bo'yicha trening ssenariysi (tayming konstruktori)
Guruh dinamikasini boshqarish, murakkab ishtirokchilar va qarshiliklar bilan ishlash.
InstrumentFasilitatsiya mexanikalari bo'yicha ilhomlanma
Kursni xodimlarga qanday «sotish» kerak: e'lonlar kopirayting, viral xabarnomalar va geymifikatsiya.
InstrumentKommunikatsiya kalendari va e'lonlar shablonlari
Biznes vazifalariga mos LMS uchun texnik topshiriqni qanday shakllantirish kerak (iSpring, WebTutor, Kpoint, Telegram/Notion bazasidagi LMS). LMS arxitekturasi: kurslar strukturasi, kirish huquqlari, analitika dashbordlari va IDP'ni avto-biriktirish.
InstrumentLMS platformalarini solishtirish va tanlash chek-listi
Ko'rsatkichlarni o'lchash: reaksiyadan (Smile sheets) biznes ko'rsatkichlarining yaxshilanishigacha.
InstrumentQayta aloqa anketalari va tekshiruv testlari shablonlari
Mystery Shopping (sirli xaridor), audio/video monitoring va ish sifati chek-listlari tizimini qurish.
InstrumentXodim ish sifatini baholash blanki (Quality Scorecard)
1 kishi-soat ta'lim narxini hisoblash, ROI/ROE'ni hisoblash va natijalarni biznes egasiga taqdim etish.
InstrumentL&D byudjetining Excel-kalkulyatori va rahbar uchun hisobot slaydi
Quyida instrumentlardan namunalar ko'rinishi. To'liq shablonlar esa darslar davomida beriladi.
| Trener gonorari | 6 000 000 |
| Zal va kofe-break | 1 500 000 |
| Materiallar | 900 000 |
| Jami xarajat | 8 400 000 |
| 24 kishi × 8 soat | 192 kishi-soat |
| 1 kishi-soat narxi | 43 750 |
Tarifni tanlang, L&D darajangizni bilib oling va kurs sizga qancha vaqtda o'zini oqlashini hisoblang.
3 ta savol. Oxirida sizga mos tarif va uni Telegram'da buyurtma qilish tugmasi chiqadi.
6 ta savol: har bir mavzuda o'zingizni baholang. Natijada qaysi modullardan boshlash kerakligini ko'rasiz.
Hozirgi oylik daromadingiz va kutayotgan o'sishni kiriting. Hisob siz kiritgan raqamlar asosida chiqarib beriladi.
Darslar hamma tarifda bir xil. Farq sizga beriladigan yordamda.
Har bir modulni alohida sotib olasiz. To'lovdan keyin shu modul ochiladi, keyingi modulni tayyor bo'lganingizda sotib olsangiz bo'ladi.
Alohida darslar 130 000 so'm, to'liq kursga to'lov qilsangiz dars 100 000 so'mdan to'g'ri keladi. Barcha 5 ta modul alohida hisoblaganda: 1 950 000 so'm, to'liq kurs narxi: 1 500 000 so'm. Alohida modul uchun to'langan summa, keyinchalik to'liq kursni olsangiz, narxdan ayriladi. Modullar darslar tayyor bo'lib borishi bilan ketma-ket ochiladi.
Men telekom va IT sohasida korporativ trener va savdo bo'yicha konsultantman.
Kompaniyalar uchun alohida xizmatlar ko'rsataman: L&D tizimini qurish. Ehtiyojni tahlil qilish (TNA), onboarding va sifat nazorati tizimi yaratish.
Jadval va hujjat shablonlari (Google Sheets, Excel), chek-listlar va blanklar. Har dars uchun bittadan.
L&D mutaxassisi rezyumesini tayyorlab berish va o'zingiz topgan vakansiya uchun sizni suhbatga tayyorlash.
To'lov usuli buyurtma paytida Telegram'da kelishiladi.
Arizani qoldiring: tarifni tasdiqlash, to'lov va darslarni boshlash tartibini Telegram'da yoki telefon orqali aytaman.
Narxlar so'mda ko'rsatilgan.